Skip to main content Skip to search

Qamrov va maqsad

“Oliy pedagogik taʼlimda tasviriy sanʼat, chizmachilik va musiqa fanlarini oʻqitishda zamonaviy yondashuv va tendensiyalar” xalqaro konferensiya.

Maqsad:

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi – oliy pedagogik ta’lim tizimida tasviriy san’at, chizmachilik va musiqa fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarni joriy etish, pedagogik tajribalarni almashish hamda fanlararo integratsiya imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.

Konferensiya ishtirokchilari zamonaviy ta’lim tendensiyalari, raqamli texnologiyalar va ijodiy ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan metodik hamda nazariy yondashuvlarni muhokama qiladilar.

Vazifalar:

  • Oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va takomillashtirish;
  • Fanlararo integratsiyaning o‘quv jarayonidagi o‘rnini aniqlash;
  • Klaster tizimi va individual yondashuvlarni rivojlantirish;
  • Amaliy tajriba almashish va pedagogik innovatsiyalarni ilmiy tadqiqotlar va metodik ishlanmalarni rivojlantirish;
  • Musiqa va tasviriy san’at ta’limida raqamli va axborot texnologiyalarini joriy etish.