Skip to main content Skip to search

 

KONFERENSIYA HAQIDA


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025 yil 18 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish” maqsadida 2025-yilda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i)ga muvofiq 2025-yil 22-23 oktyabr kunlari Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, professional ta’lim, oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrlar hamda iqtidorli talabalar uchun mo‘ljallangan “Oliy pedagogik taʼlimda tasviriy sanʼat, chizmachilik va musiqa fanlarini oʻqitishda zamonaviy yondashuv va tendensiyalar” mavzusida Xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.

Mazkur xalqaro konferensiyani tashkil etishdan maqsad oliy pedagogik ta’lim tizimida tasviriy san’at, chizmachilik va musiqa fanlarini o‘qitish jarayonida amaliy tajriba, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari hamda zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyalarni keng ommalashtirish orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shishdan iborat. Mazkur anjumanga Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH), jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasidan olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislar hamda talaba yoshlar ishtirok etadi.

Taklif etilgan ma'ruzachilar

Dunyo bo'ylab 5 mamlakatdan ma'ruzachilar

Biz taklif qilgan ma’ruzachi olimlarimiz bilan tanishing!

Tashkiliy qo'mita

Jamoa bilan tanishing

Tashkiliy qo’mita bilan tanishing!

Dastur

Dastur bilan tanishing

xalqaro konferensiya dasturi bilan tnishing!

 

Xalqaro konferensiyaga marhamat! 

O’qitish samaradorligini oshirishdagi yondashuvlar, ilmiy tadqiqot ishlaringiz orqali tasviriy va amaliy san’at, chizmachilik va musiqa ta’limi rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Ro‘yxatdan o‘tish

——— – KONFERENSIYA HAQIDA FIKRLAR – ———–

Tasviriy san’at an’analari, maktablari va tendensiyalari raqamlashgan dunyoda unga mos xolda takomillashib, yangicha qiyofa kasb etmoqda. Bugungi globallashuv jarayonida san’atning akademik maktablarini yanada rivojlantirish va yosh avlodga uni zamonaviy metodikalar asosida o’rgatish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Mazkur xalqaro konferensiya sohada o’qitishni yanada takomillashtirish va tajriba almashish, zamonaviy metodikalarni o’zlashtirish va amaliyotga joriy etish imkoniyatini taqdim etadi.

Oleg Vasilyevich Shalyapin

Tasviriy sanʼatni faqatgina alohida fan sifatida oʻrganish yetarli emas. Uni boshqa fanlar, masalan, aniq fanlar, texnologiyalar, muhandislik va matematika (STEAM), shuningdek gumanitar fanlar bilan integratsiya qilish lozim. Tasviriy san’at fanlarini pedagogik ta’lim innovatsion klasteri asosida tashkil etish va uni ommalashtirish zarur. Mazkur metodikalarni ommalashtirishda ushbu xalqaro konferensiya muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi!

Baymetov Botir Boltaboyevich

Bugungi kunda sanʼat va madaniyat global miqyosda oʻzgarayotgan jamiyatda pedagogik taʼlimning ahamiyati ortib bormoqda. Tasviriy sanʼat, chizmachilik va musiqa kabi fanlar yoshlarni ijodiy fikrlash, estetik idrok bilan shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi. Sanʼat—bu nafaqat koʻnikmalar, balki insoniyatning umumiy tillaridan biri. Uni zamonaviy taʼlim tizimiga moslashtirish orqali kelajak avlodlarini dunyoviy va maʼnaviy jihatdan boyitish mumkin. Mazkur konferensiya shu maqsadlarni oldiga vazifa sifatida qoʻyganligi bilan ahamiyatlidir!

Sultanov Xaytboy Eraliyevich