KONFERENSIYA SHO‘BALARI
1. Tasviriy va amaliy san’at fanlarini O‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalar: Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri, Individual ta’lim, STAEM, raqamli ta’lim, inklyuzivlik.
2. Chizmachilik fanlarini o’qitishda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar: muammo va yechimlar.
3. Musiqa taʼlimini O‘qitishda innovatsiya, integratsiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
MAQOLANI RASMIYLASHTIRISH TALABI
Maqola hajmi: 3-5 betdan oshmasligi;
Matn redaktori: MS Word;
Qogʼoz o‘lchami: A4(21×29,7 sm) Shrift: Times New Roman, asosiy matn o‘lchami 12 kegl.
Qatorlar oraligʼi (interval): 1; Аsosiy va qo‘shimcha sarlavha boshlanishidan oldin 12 pt, asosiy matngacha 6 pt; Аsosiy matn boshlanishdan avval 0 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.
Jadval va chizmalarning nomlanishi: boshlanishdan avval 6 pt, tugatilgandan keyin 3 pt; Jadval va chizmalar ostidagi manbaning joylashuvi: boshlanishdan avval 3 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.
Hoshiyalar (chegaralar): yuqoridan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 2,0, o‘ngdan 2,0 sm.
Sahifa(bet) raqamlari: pastki qismning o‘rtasida aks etishi lozim.
Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida taqdim etiladi va u quyidagi tartibda tuziladi: sarlavha, annotatsiya, kalit so‘zlar (maksimal 4 ta), kirish, asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati.
Аsosiy va qo‘shimcha sarlavhalar: qalin harflar bilan (12 pt) yozilishi, o‘rtada tekislanishi lozim.
Аsosiy va qo‘shimcha bo‘limlar quyidagicha tartiblanishi: 1. Kirish, 2., 2.1, 2.1.1 va h.k. (uchtadan ortiq raqamlangan bo‘lim sarlavhalaridan foydalanmang, masalan 2.1.1.1). Raqamsiz sarlavhalarga ham ruxsat beriladi. Rasm va jadvallar (shrift o‘lchami 9 kegl) matnga birlashtirilishi va aniq havola berilishi kerak, masalan: (1-rasm) yoki … “2-jadvalda … taqdim etildi”. Har bir rasm va jadval nomlanishi va o‘sib borish ketma-ketligida raqamlanishi kerak. Rasm va jadvallarning sarlavhasi chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi, manbasi esa, chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi lozim. Talab darajasida tayyorlangan maqolani telegramdagi raqamga yuborishingiz so‘raladi:
1-SHO‘BA. Tasviriy va amaliy san’at fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalar: Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri, individual ta’lim, STAEM, raqamli ta’lim, inklyuzivlik. Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998 99 477 39 84, Telegram manzil: https://t.me/+WI_nUXhkEUNmOTMy, Muratov Xusan Xolmuratovich.
2-SHO‘BA. Chizmachilik fanlarini o‘qitishda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar: muammo va yechimlar. Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998 91 589 51 50, Telegram manzil: https://t.me/Qudrat1991, Bekqulov Qudrat Shaydullayevich
3-SHO‘BA. Musiqa taʼlimini O‘qitishda innovatsiya, integratsiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar.Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998 97 757 68 90, Telegram manzil: https://t.me/Maloxat_Muxitdinova, Muxitdinova Malohat Saidjabborovna.
ZOOM orqali konferensiyada maʼruza qilishni istasaganlar taqdimot tayyorlashi zarur. Maqolalar 2025-yilning 8-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Har bir maqola uchun 150.000 so‘m to‘lov qilinishi talab etiladi. Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallar Google Scholar
tizimlarida indeksatsiyalanadi (Raqamli obyekt identifikatori (DOI) beriladi). Maqolalar elektron tarzda konferensiya saytiga joylanadi.
Har bir yuborilgan maqola plagiatga tekshiriladi. Yuborilgan maqolalar chop etishga loyiq deb topilsa, konferensiya talablariga va standartlariga mos kelsa, maqola mualliflari chop qilinganligi haqida sertifikatni elektron shaklda konferensiya rasmiy web saytidan yuklab oladilar. Konferensiya to‘plami to‘liq elektron formatda shakllantirilganidan so‘ng, konferensiya rasmiy web saytidan yuklab olishlari mumkin.