Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, pedagogika va ta’lim sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Universitet mamlakat ta’lim tizimining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan malakali o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va professional kadrlarni yetishtirishga katta e’tibor qaratadi. Universitetda “Pedagogika”, “Boshlang’ich ta’lim”, Matematika va informatika”, “Fizika va kimyo”, “Tabiiy fanlar”, “Jismoniy madaniyat”, “Turizm”, “San’atshunoslik”, “Maktabgacha ta’lim” fakultetlari mavjud. Mazkur fakultetlar negizida turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Universitet o‘quv jarayonidan tashqari professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatiga alohida ahamiyat berib kelmoqda. Universitetning ilmiy tadqiqot yo‘nalishi pedagogik ta’lim innovatsion klasteri, individual ta’lim, inklyuziv ta’lim va integratsion ta’lim hisoblanadi.
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti haqida qoʻshimcha ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://cspu.uz/
“Oliy pedagogik taʼlimda tasviriy sanʼat, chizmachilik va musiqa fanlarini oʻqitishda zamonaviy yondashuv va tendensiyalar” nomli xalqaro konferensiya Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetining San’atshunoslik fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan. Mazkur konferensiya quyidagi yo‘nalish (sho‘ba)larda maqolalarni qabul qiladi:
- Tasviriy va amaliy san’at fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalar: Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri, Individual ta’lim, STAEM, raqamli ta’lim, inklyuzivlik.
- Chizmachilik fanlarini o’qitishda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar: muammo va yechimlar.
- Musiqa taʼlimini o’qitishda innovatsiya, integratsiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar ushbu web saytda berib boriladi!