CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“OLIY PEDAGOGIK TAʼLIMDA TASVIRIY SANʼAT, CHIZMACHILIK VA MUSIQA
FANLARINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV VA TENDENSIYALAR”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
O‘zbekiston tomonidan ishtirok etadiganlar: Vazirliklar, oliy taʼlim muassasalari, hamkor tashkilotlar, professor-o‘qituvchilar, ishlab chiqarish xodimlari, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar va magistrlar hamda talabalar.
Konferentsiyaning ishchi tillari: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz.
Qabul qilinadigan maqolalar: konferensiyaning bosh mavzusi va sho‘ba mavzulari bo‘yicha uchta tilda yozilgan maqolalar onlayn tarzda telegramdagi ushbu raqamlar orqali orqali qabul qilinadi.
1-SHO‘BA. Tasviriy va amaliy san’at fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalar: Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri, individual ta’lim, STAEM, raqamli ta’lim, inklyuzivlik.
Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998 99 477 39 84,
Telegram manzil: https://t.me/+WI_nUXhkEUNmOTMy,
Muratov Xusan Xolmuratovich.
2-SHO‘BA. Chizmachilik fanlarini o‘qitishda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar: muammo va yechimlar.
Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998 91 589 51 50,
Telegram manzil: https://t.me/Qudrat1991,
Bekqulov Qudrat Shaydullayevich
3-SHO‘BA. Musiqa taʼlimini O‘qitishda innovatsiya, integratsiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998 97 757 68 90,
Telegram manzil:https://t.me/Maloxat_Muxitdinova,
Muxitdinova Malohat Saidjabborovna.
KONFERENSIYA SHO‘BALARI
- Tasviriy va amaliy san’at fanlarini O‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalar: Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri, Individual ta’lim, STAEM, raqamli ta’lim, inklyuzivlik.
- Chizmachilik fanlarini o’qitishda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar: muammo va yechimlar.
- Musiqa taʼlimini O‘qitishda innovatsiya, integratsiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
MAQOLANI RASMIYLASHTIRISH TALABI
Maqola hajmi: 3-5 betdan oshmasligi;
Matn redaktori: MS Word;
Qogʼoz o‘lchami: A4(21×29,7 sm) Shrift: Times New Roman, asosiy matn o‘lchami 12 kegl.
Qatorlar oraligʼi (interval): 1; Аsosiy va qo‘shimcha sarlavha boshlanishidan oldin 12 pt, asosiy matngacha 6 pt; Аsosiy matn boshlanishdan avval 0 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.
Jadval va chizmalarning nomlanishi: boshlanishdan avval 6 pt, tugatilgandan keyin 3 pt; Jadval va chizmalar ostidagi manbaning joylashuvi: boshlanishdan avval 3 pt, tugagandan so‘ng 3 pt.
Hoshiyalar (chegaralar): yuqoridan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 2,0, o‘ngdan 2,0 sm.
Sahifa(bet) raqamlari: pastki qismning o‘rtasida aks etishi lozim.
Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida taqdim etiladi va u quyidagi tartibda tuziladi: sarlavha, annotatsiya, kalit so‘zlar (maksimal 4 ta), kirish, asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati.
Аsosiy va qo‘shimcha sarlavhalar: qalin harflar bilan (12 pt) yozilishi, o‘rtada tekislanishi lozim.
Аsosiy va qo‘shimcha bo‘limlar quyidagicha tartiblanishi: 1. Kirish, 2., 2.1, 2.1.1 va h.k. (uchtadan ortiq raqamlangan bo‘lim sarlavhalaridan foydalanmang, masalan 2.1.1.1). Raqamsiz sarlavhalarga ham ruxsat beriladi. Rasm va jadvallar (shrift o‘lchami 9 kegl) matnga birlashtirilishi va aniq havola berilishi kerak, masalan: (1-rasm) yoki … “2-jadvalda … taqdim etildi”. Har bir rasm va jadval nomlanishi va o‘sib borish ketma-ketligida raqamlanishi kerak. Rasm va jadvallarning sarlavhasi chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi, manbasi esa, chap tomonga tekislangan va qalin harflarda bo‘lishi lozim. Talab darajasida tayyorlangan maqolani telegramdagi yuqoridagi raqamga yuborishingiz so‘raladi ( ZOOM orqali konferensiyada maʼruza qilishni istasangiz taqdimot tayyorlash ham talab etiladi). Maqolalar 2025-yilning 8-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Har bir maqola uchun to‘lov 150 ming so‘mdan. Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi yuqoridagi talablarga mos kelmagan va muddatidan keyin topshirilgan ilmiy maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega!
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallar Google Scholar tizimlarida indeksatsiyalanadi (Raqamli obyekt identifikatori (DOI) beriladi). Maqolalar elektron tarzda konferensiya saytiga joylanadi. Saytga yuklangan maqolalar elektron manzili haqida qo‘shimcha maʼlumotlar beriladi
Har bir yuborilgan maqola plagiatga tekshiriladi. Yuborilgan maqolalar chop etishga loyiq deb topilsa, konferensiya talablariga va standartlariga mos kelsa, maqola mualliflari chop qilinganligi haqida sertifikatni elektron shaklda konferensiya rasmiy web saytidan yuklab oladilar.
Konferensiya to‘plami to‘liq elektron formatda shakllantirilganidan so‘ng, konferensiya rasmiy web saytidan yuklab olishlari mumkin.
BATAFSIL MA’LUMOT UCHUN
Rasmiy veb sayt: https://pedagogika-tasviriysanat.conference2025.uz/
Telegram: https://t.me/sultanovxaytboy yoki +998 90 979 98 64
Telefon: +998 90 979 98 64, +998 99 820 08 17, +998 97 446 92 33, +998 90 808 41 39.
Email: x.sultanov@cspi.uz
Koordinator: Sultanov Xaytboy Eraliyevich
Manzil: 111718, O‘zbekiston, Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi 104 uy